Hulusi Akar Gretsiyaning tajovuzkor harakatlari javobsiz qolmasligiga va’da berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Gretsiya tomonidan Turkiyaga qaratilgan har qanday provokatsiyaga rasmiy Anqara munosib javob beradi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Egey dengizi va Sharqiy O‘rta yer dengizida Afina harakatlari tufayli yuzaga kelgan taranglikni izohlash asnosida, aytib o‘tdi.

“Bundan oldin biz Gretsiyaning barcha nohaq va noqonuniy tajovuzkor harakatlariga istisnosiz javob qaytarganmiz va bundan keyin ham buni davom ettiramiz”, degan Akar Turkiyaning Izmir viloyati Chigli tumanidagi AQSH aviabazasida uchuvchilik kurslari bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida.

Akar Turkiya mintaqadagi qonuniy manfaatlari borasida hech qanday sharoitda yon bermasligi haqida ogohlantirgan. Shu bilan birga u Turkiya hamon yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, do‘stlik, tinchlik va Egey dengizidagi resurslarning adolatli taqsimlanishi tarafdori ekanini qo‘shimcha qilgan.

Vazir Gretsiya amaldagi kelishuvlarni buzgan holda Egey dengizidagi bir qator orollarni harbiylashtirilganini eslatgan. Hulusi Akar Turkiyaning hech kimga tahdid solmasligini, aksincha, “kuchli, ishonchli va samarali ittifoqchi” ekanini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made