Hukumatning 422 ta qarori bekor qilindi 

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlarni “tartibga soluvchi gilotina” usuli orqali tizimlashtirish natijasida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 422 ta qarori o‘z kuchini yo‘qotdi. Bu Hukumatning “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan amalga oshirildi.

Qaror bilan o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.

Mazkur hujjatlarning bekor qilinishiga quyidagilar asos bo‘ldi:

•    keyinroq qabul qilingan hujjatlar bilan bir xil normalarning mavjudligi;
•    normalarning keyinroq qabul qilingan hujjatlar normalariga zid kelib qolganligi;
•    qarorlarning qabul qilinishiga asos bo‘lgan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlarining bekor qilinganligi natijasida o‘z dolzarbligini yo‘qotganligi;
•    qarorlar bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan boshqa qarorlarning o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi;
•    qarorlarda belgilangan bir martalik, vaqtinchalik bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarning ijrosi ta’minlanganligi.

Hukumatning mazkur qarori loyihasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

336

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing