Hukumat yig‘ilishida vazir va hokim o‘rinbosarlari ogohlantirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari va uch nafar viloyat hokimi o‘rinbosarlari intizoimy chora ko‘rilishi belgilandi. Bu haqda hukumat Rayosatining navbatdagi majlisida qaror qabul qilingan.

Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Doniyor Madrimov, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Iqboljon Ergashev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonovga mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi sabab intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Hukumat qarorida ushbu amaldorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun jazolangani ko‘rsatib o‘tilgan.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo‘yicha Investitsiya dasturiga muvofiq jami 10,2 milliard dollarlik mablag‘ o‘zlashtirilgan yoki hisobot davrida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining prognozga nisbatan 110 foizga ta’minlangan.

Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 6,3 mlrd dolllarni yoki prognozga nisbatan 121 foizni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari 1,5 mlrd dollarni yoki prognozga nisbatan 100 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish prognozlarini ortig‘i bilan bajargani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing