Hukumat tuzilmasida yangi lavozim joriy etiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklatilgan vazifalarni samarali muvofiqlashtirish va bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo‘linmasidan bitta shtat birligini qisqartirish hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati tuzilmasida qo‘shimcha bitta geologiya va mineral-xomashyo bazasi bo‘yicha bosh mutaxassis shtat birligi tashkil etiladi.

Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatiga biriktiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror geologiya

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing