Hukumat respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarga oid qaror qabul qildi
Jamiyat
−
13 iyul 2019
4093O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Vazirlar Mahkamasining Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.
Nizomga muvofiq, bo‘lim respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni istiqbolli vazifalarni samarali hal etish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy hokimliklarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlaydi.
Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar – Toshkent viloyatining Ангрен, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasi.
Nizom bilan bo‘limning huquqlari va javobgarligi, tuzilmasi belgilab berildi.
Bo‘lim respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi, tadbirkorlikni rivojlantiradi va to‘siqlarni bartaraf etadi.
Bo‘lim ishiga uning mudiri rahbarlik qiladi.
LiveBarchasi