Hukumat Olotga ikki yilda 800 mlrddan ortiq mablag‘ ajratiladi

Jamiyat

image
Hukumat Toshloqda kambag‘allikni qisqartirish uchun qariyb 900 mlrd yo‘naltiradi north_east

Hukumat Toshloqda kambag‘allikni qisqartirish uchun qariyb 900 mlrd yo‘naltiradi

Joriy yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatining Olot tumanini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.

Qaror loyihasining maqsadi raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatish, mintaqadagi mavjud tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan to‘la-to‘kis hamda samarali foydalanish asosida Buxoro viloyatining

Olot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash orqali tuman aholisiga qulay sharoitlar yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishdan iborat.

Qaror loyihasida yo‘l-transport infratuzilmasi va aholiga avtotransport xizmatlari ko‘rsatish tizimini yaxshilash, elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shaharning arxitektura qiyofasini o‘zgartirish, zamonaviy ob’ektlar qurish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash, ko‘p xonadonli uy-joylarni ta’mirlash, obodonlashtirish, shuningdek aholining bandligini ta’minlash maqsadida, tadbirkorlik yaxshi rivojlangan va ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjudligini e’tiborga olib, yangi kichik sanoat zonasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish sohalarida 2020-2022 yillarda 801,8 mlrd. so‘mlik (shu jumladan 58,1 mlrd. so‘m tijorat banklari kreditlari) loyihalar ishga tushirilishi natijasida 1 342 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Olot tumani

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar