Hukumat musulmonlarni Hayit namozini uyda o‘qishga chaqirmagan – Moskva muftiysi 

Olam

image

Avvalroq, Moskva shahri Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti poytaxt prefekturalariga maktub yo‘llab, musulmonlarga Ramazon hayiti namozini uyda o‘qishni tavsiya qilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi xabarga departament hujjati ham ilova qilindi.

“RIA Novosti”ning yozishicha, Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov hukumat musulmonlarni Hayit namozini uyda o‘qishga chaqirgani haqidagi mish-mishlarni rad etgan.

"Moskva muftiysi  shahar meriyasi musulmonlardan Ramazon hayiti kuni uyda namoz o‘qishni so‘ragani haqidagi xabarlar yolg‘on. Bu jamiyatimizda qandaydir nizo qo‘zg‘ashga qaratilgan soxta ma’lumot, hammasi odatdagidek bo‘ladi”, degan Alyautdinov. 

Ma’lumot uchun, bu yil musulmonlar Ramazon oyi munosabati bilan nishonlaydigan hayit kuni 10 aprelda o‘tkaziladi. Bayram sharafiga Moskvadagi oltita va viloyatdagi 46 ta joyda namoz o‘qiladi, deb yozadi nashr. Ibodatning onlayn translyatsiyasi ham tashkil etilishi kutilmoqda.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Moskva Hayit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing