“Hukumat qo‘rqoq”. Niderlandiya vokzallarida namoyishlar boshlandi
Olam
−
01 mart
8980Niderlandiyaning Utrext, Gaaga, Amsterdam va Rotterdam kabi turli shaharlaridagi 16 ta temiryo‘l vokzallarida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘llarida Falastin bayroqlarini ushlab turgan namoyishchilar Utrext markazidagi vokzalda to‘planib, “sulh” talab qilishgan. Ular Niderlandiya hukumatiga Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun norozilik bildirgan.
Shuningdek, namoyishchilar “Bolalar va shifoxonalarni bombardimon qilishni to‘xtating”, “Bosqinni to‘xtating”, “Biz sizni genotsid uchun hukm qilamiz” va “Daryodan dengizgacha, Falastin bo‘ladi”, "Gollandiyaga uyat, qo‘llaringiz qon" degan shiorlarni ko‘tarib chiqishgan.
Aksiya ishtirokchilaridan biri Gelderland viloyati shtat kengashi a’zosi Pol Smit Isroilning qotilliklari haqidagi yolg‘onlariga ishonmasligini aytdi. Va haligacha munosabat bildirmayotgan G‘arb davlatlarini tanqid qilgan.
“Kecha tunda yordam karvonlari G‘azo sektori shimoliga yetib borar ekan, favqulodda yordam kutayotgan odamlar hujumga uchraganini ko‘rdik. Biz Isroilning bu haqda ham hikoyalar to‘qishini bilamiz. Biroq, biz o‘qdan yaralangan odamlarni, hamma joyda bosqinchilar tomonidan hujum qilinayotganini guvohi bo‘lyapmiz”, dedi Smit.
Shu bilan birga, norozilik aksiyasi ishtirokchisi Niderlandiya va boshqa G‘arb davlatlarining bunday holatlarga nisbatan aniq munosabatini ko‘rsatmayotgan pozitsiyasiga e’tibor qaratdi.
“Biz Isroil yolg‘on gapirayotganini va hamma narsani o‘ylab topayotganini qayta-qayta ko‘rib turibmiz. Hukumatdan ham aniq bayonotlar yo‘q. Urushni to‘xtatish zarurati shunchalik ravshan bo‘lsa-da, Niderlandiya ikki marta Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishdan o‘zini tiydi. Men mamlakatimiz bu masalada qanday pozitsiyani egallashini tushunmayapman”, deydi u.
Smitning ta’kidlashicha, Xalqaro sud tomonidan genotsidda ayblangan Isroilga nisbatan qabul qilingan vaqtinchalik choralar ham ijro etilmayapti.
“G‘azoga qo‘shimcha yordam yetib bormadi. Bombalar portlashda davom etdi. Bolalar hamon o‘ldirilmoqda. Bizda xalqaro adolat va tinchlik poytaxti Gaaga bor, lekin Niderlandiyaning o‘zi bu masalada to‘g‘ri pozitsiyani egallash uchun juda qo‘rqoq ”, degan Smit.
Namoyishning yana bir ishtirokchisi Katya Fred falastinliklarga hayvonlar kabi munosabatda bo‘lishganidan o‘zini tutib turolmayotganini bildirgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi