Hukumat qarori bilan qator lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Hukumatning 2020 yil 20 maydagi qarori bilan qator tashkilot va o‘quv muassasalarida lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Unga muvofiq:

Gulchehra Shavkatovna Rixsiyeva Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining rektori etib tayinlandi.

Shuningdek, Oral Aminovna Ataniyazova Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, Mirsaid Miralimovich Zaxidov “O‘zcharmsanoat”  uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari etib, Adhamjon Numonjonovich Muydinov esa “O‘zcharmsanoat”  uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing