Hukumat davlat chegarasini belgilash tartibini tasdiqladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

•    O‘zbekiston Respublikasi chegara belgilarining turlari, shakllari, o‘lchamlari va tuzilishi tavsifi;
•    Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va o‘rnatish tartibi.

Nizomga muvofiq davlat chegarasi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat.

Davlat chegarasi joylarda asosiy, oraliq va maxsus chegara belgilari bilan belgilanadi. Chegara ustuni asosiy chegara belgilari jumlasiga kiradi. Uning quyidagi turlari mavjud:

•    asosiy temir-beton chegara ustuni;
•    asosiy yig‘ma temir-beton chegara ustuni;
•    asosiy polimer (kompozit) chegara ustuni.

Chegara ustunlari turlarining tavsifi Nizomga ilovada keltirilgan.

Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va o‘rnatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat chegaralarini belgilashda O‘zbekiston Respublikasining chegara belgilari geografik koordinatalari hududning fizik-geografik xususiyatlaridan kelib chiqib aniq belgilanishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Hukumat

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing