Hukumat ayrim hududlarni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgiladi
Jamiyat
−
27 fevral 2021
3724Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan hududlarni rivojlantirishning yo‘nalishlari belgilandi. Bu haqda "Norma" xabar bermoqda.
Qarorlarda quyidagilar belgilangan:
• 2021-2023 yillarda Buxoro viloyatining Peshku tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 72-son VMQ);
• 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 73-son VMQ);
• 2021-2023 yillarda G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlari markazlarini obodonlashtirish va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 74-son VMQ).
• Hujjat bilan mazkur hududlarni tegishli kompleks rivojlantirish dasturlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatlari, aholi turmush tarzini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari, ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash chora-tadbirlari, turizmni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Quyidagilar dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
• sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish;
• aholi bandligini ta’minlash hamda ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tadbirkorlarni faol jalb etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
• muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
• hududlar, yo‘llar va ko‘chalarni obodonlashtirish.
LiveBarchasi