Hududlarda elektr ta’minoti tiklandimi? “Svet” nega o‘chgandi?

Jamiyat

8-9 aprel kunlari noqulay ob-havo sababli O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida elektr energiyasining uzilishi holatlari kuzatildi. Koronavirus bilan bog‘liq karantin cheklovlari joriy etilgan va ko‘plab tashkilotlar faoliyatini masofaviy tarzda tashkil etib kelayotgan bir vaqtda elektr tarmoqlarda kuzatilgan uzilishlar internetga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ayrim hududlarda elektr energiyasi tiklangan bo‘lsa ham, internet bilan bog‘liq muammolar hamon bartaraf etilgani yo‘q. Bu holat poytaxt Toshkent shahri bilan ham bog‘liq. 

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova QALAMPIR.UZ bilan muloqot o‘rnatib, elektr tarmoqlardagi uzilishlar sabablariga to‘xtaldi.

“Energetika vazirligiga so‘nggi kunlarda elektr energiyasi bilan bog‘liq ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Bunga yetarli asoslar va sabablar bor. Xabaringiz bor, 8 aprel kuni bahorga xos bo‘lmagan ob-havo kuzatilgan edi. Nam qor yog‘ib, daraxtlarning shoxlari sinishiga olib keldi. Bu esa elektr tarmoqlarining shikastlanishiga va avariyaviy holatga kelishiga sabab bo‘ldi. 

Mamlakatimiz bo‘ylab 300 mingdan ortiq iste’molchilar elektr energiyasi ta’inotidan uzilgan edi. Hozirgi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Aksariyat hududlarning muammosi bartaraf etildi. Toshkent viloyatining ayrim hududlarida ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda”, deydi Elmira Bekmurodova.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi elektr energiyasi

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing