“Hududiy elektr tarmoqlari” Zangiotadagi shifoxona “chiroq”siz qolgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
Zangiotadagi shifoxonada “svet” o‘chib, 300 dan ortiq bemor o‘lgani rostmi? Vazirliklar izoh berdi north_east

Zangiotadagi shifoxonada “svet” o‘chib, 300 dan ortiq bemor o‘lgani rostmi? Vazirliklar izoh berdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida elektr energiyasi ta’minoti uzilishi natijasida 300 dan ortiq bemor vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotni rad etib, shifoxonadana 11 oktyabr kuni birorta ham o‘lim qayd etilmaganini ta’kidlagandi.

Mazkur xabarlarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati ham rasmiy munosabat bildirdi va elektr ta’minotida uzilish bo‘lmaganini bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu yuqumli kasalliklar shifoxonasining elektr energiya ta’minoti uch tomonlama, ya’ni Zangiota elektr ta’minoti korxonasi tasarrufidagi nimstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “Shifoxona-1,2”, 110/10 kVli “Istiqbol” va “TMZ” nimstansiyalaridan chiquvchi 10 kVli “Sog‘lom-1,2” va  “Shifoxona-3,4” elektr tarmoqlari orqali ta’minlanadi.

Shu bilan birga, mazkur shifoxonaning reanimatsiya bo‘limlari uchun maxsus UPS va dizel elektr manbai o‘rnatilgan bo‘lib, shifoxonaning elektr ta’minoti uchun 24 soat navbatchilik tashkil etilgan.

“Jurnalist Xurshid Daliyev postida keltirib o‘tgan sanasida mazkur hududda elektr energiyasida uzilish kuzatilmagan. Bu holatda shifoxonada birorta o‘lim qayd etilmaganligini shifoxona ma’muriyati ham tasdiqladi”, deyiladi kompaniya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Baholaganlar

145

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar