“Hududgazta’minot” raisi o‘rinbosari javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
06 iyul
11058“Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasiga (Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish) asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni berish hududiy gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar vakillari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida “Hududgazta’minot” AJ tomonidan reglamentga zid ravishda hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan texnik shartlarni Jamiyatning markaziy apparati bilan kelishish amaliyoti joriy etilganligi aniqlangan.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlarda hududiy gaz ta’minoti filiallari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha qonuniy talab qo‘yilgan taqdimnoma kiritilgan bo‘lsa-da, mazkur qonunbuzilish holatlari bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda.
Shunga ko‘ra, kelgusida yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ma’rufxon Xo‘jayev “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi