“Hududgazta’minot” mansabdori qamoqqa olindi

3-sahifa

image

“Hududgazta’minot”ning Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olingan. Bu haqda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalari bo‘yicha Respublika shtabining navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tildi. 

Prezident Adminstratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda energiya resurslari bilan ta’minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldashev ayrim ma’lumotlarni ochiqlagan.

Bosh prokurorning ma’lum qilishicha, “Hududgazta’minot” AJning Toshkent viloyati bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan “Hududgaz Toshkent” filiali direktori M.A.ga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

956

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing