“Hududgazta’minot” korxonadan 270 mln so‘mga yaqin ortiqcha qarzdorlik undirgani aniqlandi
3-sahifa
−
27 avgust
3724“Hududgazta’minot” qonunchilik talabiga zid ravishda amalda yetkazib berilmagan tabiiy gaz hajmlari uchun “Ravon yo‘l invest” MCHJga noqonuniy qarzdorlik hisoblangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Ravon yo‘l invest” MCHJning “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali xizmatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilgan.
Mazkur o‘rganish davomida, “Hududgazta’minot” AJ va “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali tomonidan qonunchilik talabiga zid ravishda amalda yetkazib berilmagan tabiiy gaz hajmlari uchun “Ravon yo‘l invest” MCHJga 270 mln so‘mga yaqin qarzdorlik hisoblangani ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, “Hududgazta’minot” AJ hamda “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzish alomatlari aniqlangan va gaz ta’minoti korxonasiga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, ortiqcha olingan mablag‘lar “Ravon yo‘l invest” MCHJ foydasiga to‘liq qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ munosabat bildirib, joriy yilning avgust oyidan “Het Billing” dasturiy kompleksi tashkil etilgani, ayni shu jarayonda eski tizimdan iste’molchilarning arxiv ma’lumotlarini yangi tizimga ko‘chirishda ayrim iste’molchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqqanini bildirgandi.
LiveBarchasi