Hozirgi kunda Jahon urushi yuz berishi mumkin emas — Kreml

Olam

image_2021-07-01_21-34-04

Teng yadroviy imkoniyatlar saqlanib qolganligi sababli hozirgi kunda katta urush yuz berishi mumkin emas. Bu haqda bugun, 1 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Perviy kanal”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Urush bo‘lishi mumkinmi? Buning ehtimoldan yiroqligini [Rossiya Prezidenti Vladimir] Putin ham aytdi. Bu mumkin emas. Va bu yerda biz yadroviy paritet bilan sug‘urtalanganmiz”, deydi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy paritetning ahamiyatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi, chunki bu “xalqaro munosabatlarning butun tizimini barqarorlashtiruvchi” mexanizmdir.

“Ushbu yadroviy paritetni buzishga doimo urinishlar mavjud va bu masala bo‘yicha Rossiya butun yadroviy paritet tizimini sug‘urta qiladigan bir qator harakatlarni amalga oshirdi”, deydi Peskov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap yadroviy paritetni saqlashga imkon beradigan tizimlarni mamlakat Qurolli kuchlariga kiritish hamda Qo‘shma Shtatlarning “oldindan zarba” berish imkoniyatini cheklash haqida ketyapti.

“Menimcha, urush haqida umuman gapirishning hojati yo‘q, chunki u yuz bermaydi”, deya xulosa qildi Prezidentning matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Putin Kremlda harbiy oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan uchrashuvda yaqinda Rossiyada yangi noyob qurollar tizimi shay holatga keltirilishi haqida so‘zlab bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

203

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing