Rossiyada urushga safarbarlik yakunlandimi? Peskov javob berdi

Olam

image

Rossiyada safarbarlikni yakunlash to‘g‘risida qaror hali qabul qilinmadi, biroq bir qator hududlar safarbarlik rejalarini bajarib bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Hozircha bunday qaror bo‘lmagan”, deydi Peskov jurnalistlarning safarbarlikni tugatish borasidagi savoliga.

Uning ta’kidlashicha, Mudofaa vazirligi har bir mintaqa uchun son bo‘yicha safarbarlik ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘ygan va bir qator hududlar topshiriq bajarilganini bildirgan.

“Ushbu vazifani uddasidan chiqqan hududlarda qisman safarbarlik jarayoni allaqachon tugatilgan va to‘xtatilgan”, deydi matbuot kotibi. 

Shuningdek, u Prezidentning qisman safarbarlikni yakunlash to‘g‘risida farmoni hali qabul qilinmaganini aytib, agar qaror chiqsa xabar berilishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiyada “Safarbarlik tadbirlari” ikki hafta ichida yakunlanishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ixtisosligi bo‘yicha rezervga chaqiriladi. Oktyabr oyining boshidagi holatga ko‘ra safarbarlik doirasida 200 mingdan ortiq kishi armiyaga chaqirilgan.

Mustaqil kuzatuvchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 5 oktyabrga qadar kamida 213 ming kishi safarbar qilingan. Shu bilan birga, bu ma’lumotlar faqat Rossiyaning 53 mintaqasi uchun olingan va aslida bundan ko‘proq bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing