Hotam qiziq yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
03 mart
34375Hotamjon Halimovich Hakimjonov Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi direktorining ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tegishli buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hotamjon Hakimjonov o‘z faoliyatini Marg‘ilon shahridagi madaniyat uyidan boshlagan. Xalq orasida u Hotam qiziq nomi bilan tanilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qiziqchi, san’atshunoslik fanlari nomzodi Ortiq Sultonov "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi Samarqand viloyat bo‘limiga rahbar etib tayinlangandi.
LiveBarchasi