Hormuz bo‘g‘ozi to‘liq ochildi – Tramp (video)
Olam
−
23 iyun 1474 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatdan mamnun ekanini bildirdi. Uning aytishicha, dengiz yo‘lagi hozirda “to‘liq ochiq”. Uning bu haqdagi so‘zlarini C-Span nashri keltirdi.
“Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda. Kecha bo‘g‘oz orqali tarixdagi eng ko‘p neft qabul qildik... Bizda haqiqiy neft favvorasi bor. Bo‘g‘oz to‘liq ochiq”, degan Amerika rahbari.
18 iyun kuni AQSH va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan va uning doirasida Hormuz bo‘g‘ozi ochilgan edi. 20 iyun kuni esa Eron tomoni Isroilning Livan janubiga bergan zarbalariga javob sifatida dengiz yo‘lagini yana yopgan.
22 iyun kuni AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens bo‘g‘oz qayta ochilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, kemalar harakatining tiklanishi neft va gaz narxlariga ham ta’sir ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Eron Shveysariyada o‘tkazilgan muzokaralarda 60 kun ichida yakuniy tinchlik kelishuviga erishish bo‘yicha yo‘l xaritasini kelishib olgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi