Homilador ayoli, qaynonasi va 2 farzandini o‘ldirgan erkak bir umrga qamaldi
3-sahifa
−
21 aprel 2021
29113Avvalroq, 2020 yilning 10 dekabrga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanining Eski Yakkabog‘ shahrida mudhish jinoyat sodir bo‘lgan edi. Jinoyatni sodir etgan shaxs dastlab, homilador turmush o‘rtog‘i, so‘ngra qaynonasi va ikki nafar norasida go‘daklarini shafqatsizlarcha o‘ldirgan. Unga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlandi.
“Avval uyga kelib, ikki eshikni ochib ko‘rdim. Keyin uchinchi eshik ochilib, xotinim chiqib keldi. “O‘tgan kun nima degan eding?”, dedim-da, unga pichoq sanchdim”, deydi u.
Ma’lum bo‘lishicha, A.H. jinoyat sodir bo‘lishidan avval telefonda ayoli bilan tortishib qolgan. Shundan so‘ng, u qurollangan holda qaynonasining uyiga kelgan.
“Qaynonamga ikki marotaba, ayolimga ham ikki marta pichoq sanchdim. Ularga pichoq sanchganimda, xotinim ovoz chiqarib baqirdi, keyin ikki nafar farzandim uyg‘onib ketdi”, deydi jinoyat sodir etgan shaxs.
Eng achinarlisi, vafot etgan ayolning akasi oilasini ta’minlash uchun chet elga ishlash uchun ketgan. U ortga qaytib kelgan payt onasi ham, singlisi ham vafot etgandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi binosida bu masala bo‘yicha so‘nggi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs A.H. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “j”, “o”, “f” bandlari va 219-moddasining birinchi qismi bilan aybdor deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. Jazo maxsus tartibli koloniyalarda o‘taladi.
Bokirxon Qosimxonov
LiveBarchasi