Holandning golini inobatga olgan hakamlar jazolandi

Sport

image

Premer-ligada “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” (0:1) o‘rtasidagi uchrashuvda ishlagan videoassistent hakamlar jazolandi. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.

Angliya Premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golga Erling Holand mualliflik qildi.

Nashrning xabar berishicha, derbidan keyin VAR hakamlariga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan. Mett Donoxyu va uning yordamchisi Bleyk Antrobus “Manchester Siti”ning hisobga olinmasligi kerak bo‘lgan golini inobatga olgan.

Manbaga ko‘ra, gol vaqtida Enso Fernandes ofsayd holatida bo‘lgan. Shu sababli VAR hakamlari Premer-liganing keyingi tur uchrashuvlariga tayinlanmaydi.

Safardagi g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” 12 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Manchester Yunayted” esa 4 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” joriy yilning 20 sentyabr kuni APL 5-tur doirasida safarda “Fulxem”ga qarshi o‘ynaydi. Shu kuni “Manchester Siti” o‘z maydonida “Sanderlend”ni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliya Premer-ligasi o‘yinlarida hakamlikni nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan Pro Ref tashkiloti norvegiyalik “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda urgan goli noto‘g‘ri hisoblanganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing