Holandning “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda urgan goli xato deb topildi
Sport
−
11:49 2198 1 daqiqa
Angliya Premer-ligasi o‘yinlarida hakamlikni nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan Pro Ref tashkiloti norvegiyalik “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda urgan goli noto‘g‘ri hisoblanganini tan oldi. Bu haqda Pro Ref bayonotiga tayanib, jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X sahifasida xabar berdi.
Tashkilot ma’lum qilishicha, videotakror (VAR) hakamlari gol urilgan epizodda ofsayd holatida bo‘lgan “Manchester Siti”ning argentinalik yarim himoyachisi Enso Fernandesning roli va pozitsiyasini noto‘g‘ri baholagan. Shu sababli VAR asosiy hakamga epizodni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilishi kerak edi.
“Biz bugun kechqurun xatoni tan olish uchun “Manchester Yunayted” bilan bog‘landik. Hodisa yuzasidan tergov olib boriladi”, deyiladi bayonotda.
Uchrashuv kecha, 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda 23-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib qolishiga qaramay “Manchester Siti” g‘alaba g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni Holand urdi.
Live
Barchasi