Holand Norvegiyani nimchorak finalga olib chiqdi

Sport

image

Bugun, 30 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Norvegiya milliy terma jamoasi Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Natijada “vikinglar” nimchorak final bosqichga yo‘l oldi.

AQSHning Texas shtati, Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda norvegiyaliklar safida Antonio Nusa 39-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, g‘alaba golini 86-daqiqada Erling Holand kiritdi. Kot-d’Ivuarning yagona goliga esa 74-daqiqada Amad Diallo mualliflik qildi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Norvegiya 1/8 finalga yo‘l oldi va bu bosqichda Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.

Erling Holand mazkur golidan so‘ng joriy Jahon chempionatidagi gollari sonini beshtaga yetkazdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u turnir to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadamlikni oltita gol bilan Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi egallab turibdi. Shu bilan birga, Argentina hali 1/16 finalda Kabo-Verdega qarshi bahsda ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etayotgan musobaqa joriy yilning 19 iyul kuniga qalar davom etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing