Hokimliklarda fuqarolarning kunlik qabuli yo‘lga qo‘yilishi shart — Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, birinchi galda, odamlarni murojaat qilishga eng ko‘p majbur qilayotgan tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni mahallaning o‘zida bartaraf etish asosiy vazifa bo‘lishi kerak.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini hal qilishga ajratadi. 

“Ko‘pchilik viloyat hokimlarining qabul kuni har oyning to‘rtinchi shanbasi, ya’ni bir oyda bir marta qilib belgilangan. Ertadan boshlab, barcha viloyat, tuman va shahar hokimliklarida fuqarolarning kunlik qabuli yo‘lga qo‘yilishi shart”, deya ta’kidlagan davlat rahbari.

Shuningdek, aholi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tunu-kun murojaat qilishi uchun bir hafta muddatda har bir viloyat, tuman va shahar hokimlarining virtual qabulxonalari va ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalari tashkil etilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing