Hokimlik zaxirasidagi yerni pullamoqchi bo‘lgan hisobchi ushlandi
3-sahifa
−
15 avgust 2024 3700 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida Sariosiyo tumani hokimligi zaxirasidagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan hisobchi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, “M.Y.” fermer xo‘jaligi hisobchisi Q.S. Sariosiyo tumani “Subhidam” mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini fuqaro B.X.ga go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 5 600 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 3 600 AQSH dollari va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hokimlik zaxirasidagi 3,5 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Live
Barchasi