Hokimlik Asakada bozorqo‘m tadbirkorlarni haqorat qilgani yuzasidan munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka dehqon bozori rahbari tadbirkorlarni axloqsiz so‘zlar bilan haqoratlagani haqida xabarlar hamda fuqarolarning bozor hududida tartib o‘rnatilishini so‘rab yo‘llagan murojaati tarqaldi. Holatga Andijon viloyati hokimligi munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, ushbu muammoli vaziyat yuzasidan Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ko‘rsatmasiga asosan Andijon viloyat hokimligi, Asaka tuman hokimligi, Andijon viloyati bozorlar uyushmasi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan zudlik bilan ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh tomonidan Asaka tumanidagi markaziy dehqon bozorida faoliyat olib borayotgan bir guruh tadbirkorlar tomonidan Asaka tumani dehqon bozori buzilmasligi hamda bozor rahbarini ishdan olinishini so‘rab ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaati o‘rganib chiqilgan.

Natijada Asaka dehqon bozori rahbari lavozimida ishlab kelgan Ravshanbek Mamayusupov tadbirkorlar bilan bo‘lgan suhbatda ularni haqorat qilganligi aniqlangan.

Fuqaro Ravshan Mamayusupovga tegishliligi aytilayotgan axloqsiz so‘zlar ishlatilgan ovozli xabar yuzasidan hozirda Asaka tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Asaka tumani dehqon bozori rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Ravshan Mamayusupovning faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, bozor hududidagi tartibsizliklar hamda tadbirkor va fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishdagi sustkashligi uchun Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Qayd etilishicha, Asaka dexqon bozoriga Shaxobiddin Yusupov vaqtinchalik rahbar lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Asaka dehqon bozori

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing