Hokimlarni deputat va senatorlik huquqidan mahrum qilish kerak – G‘aniyev
Jamiyat
−
09 avgust 2022
11596Saylov kodeksiga o‘zgartirish kiritish chog‘ida hokimlarning deputatlikka saylanish huquqini olib tashlash kerak. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev Twitter'dagi muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.
G‘aniyevning qayd etishicha, aslida amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ijro hokimiyati organlariga deputatlikka saylanishi mumkin emas.
“Konstitutsiya qabul qilingach, bir qator yoki qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritishga to‘g‘ri keladi. Aslida amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ijro hokimiyati organlariga deputatlikka saylanishi mumkin emas. Faqatgina hokimlarga istisno tariqasiga ruxsat etilgan. Saylov kodeksiga o‘zgartirish kiritish chog‘ida hokimlarning deputatlikka saylanish huquqini olib tashlab, kengash oldidagi hisobdorligi belgilanishi kerak. Mantiqan olib qaraganda, kengashlarning vazifasi bitta – ijro hokimiyatini nazorat qilish”, deydi deputat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 14 ta hudud rahbarlari bir paytning o‘zida Senat vakili ham hisoblanishadi.
“Bu mantiqsizlik faqatgina mahalliy kengashda emas. Yuqori parlamentimizda ham buning qisman ta’siri bor. 14 ta hududning rahbarlari bir paytning o‘zida Senat vakili ham hisoblanishadi. Bu ham yuqoridagi masalaning uzviy davomi. Agar Saylov kodeksida ular deputat bo‘lish huquqidan mahrum qilinadigan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan senator bo‘lish vakolati ham bo‘lmaydi. Bu esa xalq vakillarining ijro hokimiyati ustidan samarali nazorat o‘rnatishida muhim rol o‘ynaydi”, deydi Doniyor G‘aniyev.
LiveBarchasi