Hokimlar va prokurorlar qayoqqa qaragan? – Prezident shakar “ajiotaj”i haqida
Jamiyat
−
31 mart 2022
10845O‘zbekistonning ayrim hududlarida shakar narxining oshishi odamlar orasida “ajiotaj”ni keltirib chiqargan. Xo‘sh, bu hududlarning hokim va prokurorlari qayerga qaragan? Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 mart kuni bo‘lib o‘tayotgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.
Prezident mart oyi boshida kuzatilgan shakarga “ajiotaj” mavzusiga to‘xtaldi.
Uning ta’kidlashi cha, ayrim hududlarda shakar narxi asossiz oshgan. Ayniqsa Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida mavjud zaxiralar o‘z vaqtida tarqatilmagani sababli, shakar narxi keskin oshgan.
“Savol tug‘iladi. Ushbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?”, dedi Prezident.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, endi viloyat, shahar va tuman hokimlari har kuni o‘z hududidagi oziq-ovqat, ayniqsa un, shakar va yog‘ning narxini joylarda yurib o‘rganadi va barqarorlikni ta’minlash uchun tezkor tadbirlarni ko‘rib boradi.
“Ayniqsa kirib kelayotgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini ta’minlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatib, naxrlarni arzonlashtirish bu ulug‘ ayyom kunlarida katta savob ekanligini barcha tadbirkorlarga tushuntirishlari kerakligi ko‘rsatib o‘tildi”, deb yozmoqda yig‘ilish haqida xabar berayotgan Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Shuningdek, yig‘ilishda, respublikaga chetdan bug‘doy, o‘simlik yog‘i va shakarni olib kelish bo‘yicha barcha masalalar hal qilib berilgani, endi buni aql bilan samarali tashkil etish kerakligi ta’kidlangan.
LiveBarchasi
Asad hokimiyati ag‘darildi.
08 dekabr