Hokimlar paxtadan qo‘lini oladimi? So‘z sizga, Jamshid Xo‘jayev!

Jamiyat

image

“Kecha Prezident ishtirokida yana bir katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari bizga aniq ko‘rsatmalar berdi. Bu yildan paxtaga davlat buyurtmasi butunlay bekor qilindi. Endi hokimlar paxta masalasi bilan band bo‘lmaydi. Bu tarixiy qaror”, deydi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev.

Bugun, 5 fevral kuni Toshkentda “Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida munosib mehnatni ta’minlash” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari, Xalqaro migratsiya tashkiloti, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, UNICEF, UNESCO, diplomatik korpus vakillari, “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi a’zolari qatnashdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev nutq so‘zladi. U Prezident Parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida qishloq xo‘jaligi sohasiga oid qilinishi lozim bo‘lgan bir qancha vazifalarni sanab o‘tganini ta’kidladi. Birinchi navbatdagi vazifa sifatida davlatning paxtaga bo‘lgan buyurtmasini bekor qilish hisoblanishini tushuntirdi. Shuningdek, vazirlik rahbariyati tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tubdan o‘zgartirish, uni qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib boruvchilarga har tomonlama ko‘mak beruvchi tizimga aylantirish asosiy maqsad qilinganini aytdi.

Vazir, shuningdek, qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyati haqida alohida to‘xtalib, fermer va klasterlar o‘rtasida tushunmovchiliklar oldi olinishi uchun zavonaviy va yetarli huquqiy asoslar yaratilishi ko‘zlanganini gapirdi. Tez orada mutasaddilar tomonidan bu borada shaffoflik va halollikni ta’minlovchi hujjat qabul qilinishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Xo'jaev

Baholaganlar

91

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing