Hokimlar qanday avtomobilda yuradi?

Bu qiziq

Viloyatlar hokimlari o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovnomamizni davom ettiramiz. Bu safargi savolimiz hokimlar qanday markali avtomobilda yurishi yuzasidan bo‘ldi. 

Andijon viloyat hokimi, Shuhratbek Abdurahmonov:

— Toyota Prado. Bu viloyatning obro‘si, qolaversa mening mashinam emas. Uni davlat bergan

G‘ofur Mirzayev, Sirdaryo viloyati hokimi:

— Davlat bergan mashinasida yuramiz. Toyota Prado

Zoyir Mirzayev, Qashqadaryo viloyati hokimi:

— Infiniti mashinasi. Yo‘l tanlamas mashina. Qashqadaryo yo‘llariga mos. Meros bo‘lib qolgan. Shuni minamizda. 

Farhod Ermanov, Xorazm viloyati hokimi:

— Davlat bergan mashinada yuraman. Toyota Prado

Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati hokimi:

— Toyota mashinasi

To‘ra Bobolov, Surxondaryo viloyati hokimi:

— Davlat bergan mashinada yuraman. Markasini tushunmayman to‘g‘risi

Qobul Tursunov, Navoiy viloyati hokimi:

— Boshqa viloyat hokimlari singari – Toyota

Xayrullo Bozorov, Namangan viloyati hokimi:

— Toyota Prado

Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev esa shu va boshqa savollarimizga javob berishni xohlamadi. Hokimning javob berishdan bosh tortish sababi esa haligacha noma’lum.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing