Hokimiyat “Tolibonga” o‘tgunga qadar Afg‘onistonni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 avgust 2021
23919Afg‘onistonning sobiq Ichki ishlar vaziri va Germaniyadagi sobiq elchisi Ali Ahmad Jaloli mamlakatning o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlanadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qobuldagi Prezident saroyida hokimiyatni “Tolibon”ga topshirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Afg‘onistondagi milliy yarashuv Oliy Kengashi rahbari Abdulla Abdulla ushbu jarayonda vositachi vazifasini bajaradi.
Foto: chapda Abdulla Abdulla, o‘ngda Ali Ahmad Jaloli
Ma’lumot o‘rnida, vaqtinchalik hukumat — o‘tish davri yoki favqulodda holat davrida odatda, siyosiy tizim yoki siyosiy rejim o‘zgarganda tuziladi.
Turli xabarlarga ko‘ra, “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy idorasi rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar ayni vaqtda mamlakat poytaxti Qobulda bo‘lib turibdi va katta ehtimol bilan aynan, u hokimiyatni egallaydi.
Foto: Abdul G‘ani Barodar
Avvalroq, Afg‘oniston Ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Sattor “TOLO News” telekanali efirida “Qobulga hujum qilinmasligi, hokimiyat tinch yo‘l bilan topshirilishini” ma’lum qilgandi. Shuningdek, Abdul Sattor Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining tez orada iste’foga chiqishini e’lon qilgan.
Foto: Abdul Sattor
O‘z navbatida, toliblar banklar va davlat muassasalarini odatdagidek ishlashga, aholini esa xavfsizlik nuqtai nazaridan uylarini tark etmaslikka chaqirgan. “Tolibon” hech kimdan qasos olmasligini va hozirgi Qobul ma’muriyati davrida xizmat qilgan barcha harbiylar hamda amaldorlar kechirilishini va’da qilgan.
LiveBarchasi