Hokim va “zamxokim”larining reytingi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi joriy yilning birinchi yarim yilligi holatiga ko‘ra hokimar faoliyatini baholash orqali tuzilgan reytingni e’lon qildi. Reyting viloyat, tuman va shaharlardagi hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK, KPI) asosida baholash orqali tuzilgan.

Natijalar agentlikning argos.uz portali “Reyting” sahifasiga joylashtirildi va u quyidagi qismlardan iborat:

  • Natijadorligi yuqori hududlar;
  • Ko‘rsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar;
  • Hududlardagi ko‘rsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lar;
  • Hokim o‘rinbosarlarining EMSK bo‘yicha reytingi.

Shuningdek, elektron xizmatda tuman (shahar) hokimlarining TOP-20 talik, tuman (shahar) hokimlarining QUYI-20 taligi ham joy olgan.

Viloyatlar kesimida eng yuqori o‘rinni Navoiy viloyati (87 ball) egallagan. Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida (66 ball) qayd etilgan.

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani (98,2 ball) O‘zbekistondagi 205 ta tuman orasida birinchi o‘rinni egallagan. Sariosiyo tumani (60,8 ball) esa hududlar o‘rtasida so‘nggi o‘rinni egallagan.

Tuman (shahar) hokimlari reytingida Qorovulbozor (Buxoro), Yangibozor (Xorazm), Mirobod (Toshkent) tumanlari Shirin (Sirdaryo), G‘ozg‘on (Navoiy) shaharlari hokimlar yetakchi o‘rinlarni egallagan. Tuman (shahar) hokimlarining Quyi-20 ligi reytingida Surxondaryo viloyatining birdan 6 hududi: Sariosiyo, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on, Uzun, Qiziriq, Boysun tumanlari hokimlari yetakchilik qilgan.

Hokim o‘rinbosarlarining EMSK bo‘yicha reytingida Navoiy viloyatining G‘azg‘on shahri 1-o‘rinni egallagan. Eng oxirgi 205-o‘rinda Toshkent viloyatining Angren shahri qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing