Hokim o‘zini yoqib yuborgan ayolning uyiga bordi

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Namanganda MIB xodimlari harakatiga norozilik sifatida ayol o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgani haqida xabar yergan edik. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahridagi o‘zini yoqib yuborgan ayol xonadoniga bordi 

Abdurazzaqov “Istiqbol” mahallasida bo‘lib, marhuma Gulandom Dadaboyevaning yaqinlariga ta’ziya bildirdi. Uning 15 va 12 yashar o‘g‘illari munosib sharoitlarda voyaga yetishlarida har tomonlama ko‘mak berilishini ta’kidlagan. 

“Mazkur holat bo‘yicha hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ularning natijasi bo‘yicha vaziyatga qonuniy, huquqiy baho beriladi va bu haqda albatta, jamoatchilikka ma’lum qilinadi”, deydi viloyat hokimi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 sentyabr kuni Namangan shahrida istiqomat qilgan 35 yoshli Gulandom Dadaboyeva ijro harakatlari davomida o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi.

Ayol 30 sentyabr kuni tanasining 80 foizdan ortiq kuyish tan jarohati oqibatida RSHTYOIM Namangan filialida vafot etdi.

Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozircha viloyat hokimligi, Bosh prokuratura, Senat va Gender tenglik bo‘yicha komissiya, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha bayonotlar berganicha yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Gulandom Dadaboeva Shavkatjon Abdurazzaqov

Baholaganlar

663

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing