Hokim o‘rinbosarlari bir nafarga ko‘payadi

Jamiyat

−

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 2 dekabr kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilmalariga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimi;
  • tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmalariga – hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimi kiritiladi.

Ular oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing