“Hizbulloh” yetakchisi falastinliklarning “qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi”  – “The Telegraph”

Olam

image

Hasan Nasrulloh Falastin bayrog‘ini ko‘tarishni istaydi, lekin HAMASning kuni o‘zining ham boshiga tushishidan qo‘rqadi. Bu haqda  "The Telegraph" "Hizbulloh" yetakchisining juma kungi bayonotidan so‘ng yozdi.

"Terrorchi guruh yetakchisining Isroilga po‘pisalaridan so‘ng, deyarli butun Yaqin Sharq uning bayonotini eshitish uchun yig‘ilgandi. Ko‘pchilik Hasan Nasrullohdan Isroilga qarshi ikkinchi front ochib, urush maydonini yanada olovlantirishini kutdi. Biroq u stol atrofidagilarga "hech narsa burger" tortiq qildi", deb yozadi Britaniya nashri G‘arb siyosatchilarining bu haqdagi fikriga asoslanib.

Nashrning yozishicha, Sharqiy Quddusda bir soatlik nutq davomida ko‘chalardagi ovozlar tingan, minglab mobil telefonlar va radiolar faqat Nasrullohning ovozini eshitish uchun sozlangan. Biroq "u barcha shinavandalarining hafsalasini pir qilishdan nariga o‘tmadi".

"Nasrulloh o‘zi va "Hizbulloh"ni, eng muhimi unga pul to‘lab turadigan homiysi Eronni 7 oktyabrdagi qirg‘inga aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqchi bo‘ldi. U Isroilga hujumni  falastinliklar o‘ta maxfiylikda rejalashtirganini fosh qildi", deyiladi ushbu tahlilda.

Eslatib o‘tamiz, “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh 3 noyabr, juma kungi bayonotgacha Isroilga G‘azodan chiqib ketishga muhlat bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil "Hizbulloh"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing