“Hizbulloh”ning portlagan peyjerlari Yevropada ishlab chiqarilgan

Olam

image

Avvalroq, Livan xavfsizlik xizmatidagi yuqori martabali manba va boshqa suhbatdoshiga tayanib, “Reuters” Isroilning “Mossad” razvedka xizmati kecha, 17 sentyabr kuni peyjer portlashlaridan bir necha oy oldin Livandagi “Hizbulloh” harakati tomonidan Tayvanning Gold Apollo kompaniyasidan buyurtma qilingan 5000 peyjerga oz miqdorda portlovchi moddalar o‘rnatgani haqida xabar berilgandi. Endilikda Gold Apollo kompaniyasi “Hizbulloh” tomonidan buyurtma qilingan peyjerlarni ishlab chiqarishga aloqasi yo‘qligini aytdi.

Taybeyda bunga oydinlik kiritilishicha, Budapeshtda ro‘yxatdan o‘tgan BAC Consulting KFT kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan. Unga ko‘ra, BAC Tayvan brendidan foydalanishi mumkin, lekin mahsulotni mustaqil ravishda ishlab chiqaradi.

“AR-924 peyjer modeli BAC tomonidan ishlab chiqariladi va sotiladi. Biz faqat brendimiz uchun tovar belgisiga ruxsat beramiz va ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda ishtirok etmaymiz”, deyiladi Gold Apollon bayonotida.

Ma’lumot uchun, 17 sentyabr kuni Livanda “Hizbulloh” buyurtma qilgan peyjerlar ommaviy ravishda portlagandi. “Reuters” xabariga ko‘ra, besh mingga yaqin qurilma portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan.

Yaqin Sharq matbuotiga ko‘ra, portlashlar oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, yana uch mingga yaqin kishi jarohatlangan, 200 nafar yaralanganlarning ahvoli og‘ir.

Ayrim matbuot xabarlariga ko‘ra, portlashlar ortida Isroil harbiylari va razvedkasi turibdi.

“Reuters” manbasining ta’kidlashicha, peyjerlar Isroil razvedka xizmati “Mossad” tomonidan "ishlab chiqarish bosqichida" o‘zgartirilgan.

“Sky News Arabia” manbalariga ko‘ra, qurilmalarda detonator qopqoqlarini jihozlash uchun ishlatiladigan nitrat kislota efirini o‘z ichiga olgan portlovchi modda – pentayeritritol tetranitrat bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, portlashlar “Mossad” batareyalar haroratini masofadan oshirganda sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Mossad peyjer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing