“Hizbulloh” Netanyaxuning qarorgohiga hujum qildi (video)

Olam

image

Livanning “Hizbulloh” harakati tomonidan uchirilgan dron Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Tel-Aviv shimolidagi Keysariya shahridagi shaxsiy qarorgohiga borib urildi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 19 oktyabr kuni ertalab Livan hududidan Isroilga uchirilgan uchta drondan biri Netanyaxuning Keysariyadagi shaxsiy uyini nishonga olgan. Dron hujum qilgan paytda Netanyaxu qarorgohda bo‘lmagan, shuningdek, boshqa jarohat olganlar ham mavjud emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan postlarda ham mazkur hujumda zarar ko‘rgan binolardan biri Netanyaxuning uyining bir qismi ekani aytilmoqda. 

Isroil OAV harbiylar tomonidan qo‘yilgan taqiq sababli, zarar va ehtimoliy jabrlanganlar haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Mamlakat qo‘shinlarining iqror bo‘lishicha, dron kirib kelganida havo mudofaasi tizimi uni to‘xtata olmagan. Hatto dron harbiy vertolyot yaqinidan uchib o‘tgan.

Livanning “Al Mayadeen” telekanali Isroil harbiylari ma’lumotini keltirib, Livandan Hayfaga uchirilgan uchta drondan ikkitasi aniqlangani va to‘xtatilganini xabar berdi. Biroq uchinchi dron Keysariyadagi binoga to‘g‘ri tekkan va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash juda katta bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektorida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarni o‘ldirgani fonida “Hizbulloh” harakati Isroil bilan qarama-qarshilikning yangi bosqichiga o‘tayotganini e’lon qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing