“Hizbulloh” Nasrullohning o‘limini tasdiqladi
Olam
−
28 Sentabr 2024
7762“Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroilning Bayrutning janubiy chekkasida uyushtirgan havo hujumida halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmatining tegishli bayonoti e’lon qilindi.
“Hizbulloh” bosh kotibi Seyyid Hasan Nasrulloh o‘ttiz yildan ortiq boshqargan shahidlar safiga qo‘shildi”, deyiladi bayonotda.
Bir kun avval Bayrutda o‘nga yaqin portlash sodir bo‘ldi. Isroil harbiylari Dahiya tumani markazidagi turar-joy binolari ostida joylashgan “Hizbulloh”ning asosiy qarorgohiga havodan zarba berilgani haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Hasan Nasrulloh “Hizbulloh” janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va “Hizbulloh”ning boshqa qo‘mondonlari bilan birga SAXAL tomonidan o‘ldirilganini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar