“Hizbulloh” Isroilning harbiy bazasiga hujum qildi
Olam
−
15 iyul
8816“Hizbulloh” Isroilning Livan bilan chegarasi yaqinidagi “Branit” harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda NNA xabar berdi.
Axborot agentligiga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari mamlakat janubiy hududlari ustidan past balandlikda uchib, Livan havo hududini buzgan.
Shuningdek, isroillik uchuvchilar Livan uzra ovoz to‘sig‘ini buzib, portlashlarga o‘xshagan kuchli ovoz keltirib chiqargani xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, Livan-Isroil chegarasi yaqinida 2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlarda “Hizbulloh”ning 369 nafar jangchisi halok bo‘lgan.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi