“Hizbulloh” Isroilga raketalar uchirdi (video)

Olam

image

Livandagi “Hizbulloh” harakati Isroilning Hayfa shahri atrofiga keng ko‘lamli zarbalar yo‘lladi va qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda bugun, 2 mart kuni Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, guruh shu tongda “bosib olingan hududlar”ga raketalar va uchuvchisiz uchish qurilmalari orqali zarba bergani uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan.

Shu bilan birga, Livan Bosh vaziri Navaf Salom mamlakat janubidan amalga oshirilgan raketa hujumlarini mas’uliyatsiz va shubhali harakat deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat Isroilga mojaroni davom ettirish uchun bahona bo‘lishi mumkin.

U ijtimoiy tarmoqda yozishicha, hukumat mamlakatni yangi mojarolarga tortilishiga yo‘l qo‘ymaydi va aybdorlarni ushlash hamda Livan xalqini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Qayd etish joiz, 28 fevral kuni AQSHning Livandagi elchixonasi Amerika fuqarolarini mamlakatni tark etishga chaqirdi. Tavsiyaga amal qilmagan shaxslar ma’lum vaqt Livanda qolib ketish ehtimoliga tayyor bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livanning sharqidagi Baalbek hududida amalga oshirilgan Isroil aviazarbalari oqibatida “Hizbulloh”ning sakkiz nafar a’zosi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Hayfa Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing