“Hizbulloh” Isroilga 60 dan ortiq raketa otdi

Olam

image

Isroil armiyasining Livan bilan chegaradosh hududlardagi pozitsiyalari “Hizbulloh” qurolli qanoti bo‘linmalari tomonidan kuchli o‘qqa tutildi. Bu haqda tuzilmaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan kommyunikeda ma’lum qilindi.

Hujjatga ko‘ra, turli xildagi raketalar Meron tog‘ida joylashgan Isroil shimolidagi havo operatsiyalari va elektron urush qo‘mondonlik markaziga zarba bergan.

“Bizning jangchilarimiz Meron tog‘idagi harbiy ob’ektni 62 ta raketa bilan o‘qqa tutdi. Bu operatsiya HAMAS Siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriy va uning sheriklarining o‘ldirilishiga birinchi javob ekanini bildiramiz”, deyiladi matnda.

Kommyunikeda Meron tog‘idagi harbiy ob’ekt butun Sharqiy O‘rta yer dengizi bo‘ylab havo hududini nazorat qilish imkonini berishi, u yerda elektron razvedka stansiyasi, radio va elektron uskunalarni nazorat qilish uchun stansiya mavjudligi qayd etilgan.

Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati esa Meron hududi yo‘nalishida 40 ta snaryad uchirilganini ma’lum qilgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Isroil hududini o‘qqa tutayotgan otryadga zarba berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Bayrutning janubiy chekkasidagi Musharrafiya mahallasidagi HAMASning shtab-kvartirasiga raketa hujumi uyushtirgandi. Bu hudud “Hizbulloh” tomonidan nazorat qilinadi. Hujum al-Aruriy u yerda harbiy qo‘mondonlar bilan yig‘ilish o‘tkazayotgan paytda sodir bo‘ldi. U bilan birga 6 kishi halok bo‘lgan, yana 11 kishi yaralangan. “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh “Isroil jinoyati jazosiz qolmasligini” aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh Meron tog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing