“Hizbulloh” Isroil hududiga zarba berdi (video)
Olam
−
01 Oktabr
9841“Hizbulloh” Isroil harbiylari to‘plangan hududlarga va Tel-Avivdagi nishonlarga raketa hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, “Hizbulloh” bugun, 1 oktyabr kuni Isroil kuchlariga qarshi operatsiyalar uyushtirib, bir nechta aniq zarbalar bergan. Xususan, Livan qarshilik kuchlari Tel-Avivdagi Isroil harbiy razvedka shtab-kvartirasi – 8200-bo‘lim joylashgan Glilot bazasiga Fadi-4 raketalari hujumini amalga oshirgan. Guruh shuningdek, Tel-Aviv chekkasidagi “Mossad” shtab-kvartirasiga ham hujum uyushtirgani haqida ma’lum qildi.
Isroil harbiylari esa o‘z hududiga zarbalar haqida xabar berib, uchirilgan raketalarning bir qismi tutib qolinganini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hududiga uchirilgan raketalardan o‘ntasi nishonlarga aniq yetib borgan. Zarbalar oqibatida 50 yoshli isroillik erkak yaralangan.
“Al Mayadeen” telekanalining xabar qilishicha, G‘azodagi Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash va Livan aholisini himoya qilish maqsadida “Hizbulloh” Isroilning Shtula aholi punktidagi okkupatsiya kuchlariga ham artilleriya o‘qlari bilan zarba bergan.
Bundan tashqari, “Hizbulloh” Metula, Avivim va Rosh-Pina aholi punktlari, shuningdek, Dovev bazasidagi Isroil harbiy kuchlariga raketa zarbalari uyushtirgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 1 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlab, tanklar bilan Rmeish qishlog‘i hududiga yetib borgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr