“Hizbulloh” Isroil harbiy ob’ektlariga hujum qildi

Olam

image

Bugun, 30 mart kuni Livanning “Hizbulloh” harakati Isroil harbiy ob’ektlariga hujum uyushtirdi. Bu haqda "Al Jazeera" telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroilning Xirbet Maar va Raheb harbiy ob’ektlariga ikkita alohida hujum uyushtirilgan. Harakat SAXAL pozitsiyalariga zarba berishda raketalar, artilleriya snaryadlari va drondan foydalanganini ma’lum qilgan. Oqibatda harbiy muassasalarga shikast yetib, Isroil tomonida ham yo‘qotishlar bo‘lgani aytilmoqda.

Kecha, juma kuni ham "Hizbulloh" Isroil pozitsiyalarini o‘qqa tutganini e’lon qilgandi. Harakat bayonotida aytilishicha, jangchilar sharqiy yo‘nalishda oltita, g‘arbiy yo‘nalishda to‘rtta hujum uyushtirgan.

Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida G‘azo urushi boshlanganidan beri bir necha bor to‘qnashuv yuz bergan. Tomonlar bir-biriga nisbatan asosan havo hujumlari tashkil etmoqda. Livan janubida Isroil harbiylari tomonidan oq fosforli bombalar qo‘llangani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh hujumlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing