Hirotda afg‘on ayollari namoyishga chiqdi. Ular “Tolibon”dan nima istaydi? (video)
Olam
−
02 Sentabr 2021
18925Bugun, 2 sentyabr kuni Afg‘onistonning Hirot viloyatida ayollar mitingga chiqib, mamlakatda o‘zlarining huquqlari ta’minlanishi hamda davlat boshqaruvida ishtirok etishni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston ayollarini mamlakatning bo‘lajak hukumatida ishtirok etishga chaqirgan namoyishchilar, ularning vakolatisiz hech qanday “hukumat avvalgidek barqaror bo‘la olmasligini” shior sifatida takrorlagan.
Ma’lum qilinishicha, namoyishda mahalliy faollar, talabalar va davlat muassasalarida ishlaydigan ayollar qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 avgust kuni “Tolibon” Afg‘oniston ayollaridan vaqtinchalik ko‘chaga chiqmaslikni so‘ragandi. Bunga harakat jangarilarining ayollar bilan qanday munosabatda bo‘lishni bilmasligi sabab tariqasida keltirilgan.
Qayd etish kerakki, “Tolibon” Afg‘oniston ayollariga ishlashga va ta’lim olishga ruxsat bermoqchi. Bu haqda hukumat egallangach “Tolibon” vakillari bir necha bor ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida, AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.
LiveBarchasi