Hindistonning Ahmadobod shahrida qattiq karantin choralari sabab katta tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Hindistonning Gujarat shtatidagi Ahmadobod shahrida tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Bu haqda bugun 8 may kuni “Reuters“ agentligi xabar berdi.

Qattiq karantindan norozi bo‘lgan shahar aholisi tomonidan tartibsizliklar uyushtirildi. Namoyishchilar politsiya va harbiylarga tosh otishdi, xavfsizlik kuchlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan ularga javob berdi.

“Odamlar g‘azablanib, harbiylarga tosh otishni boshladilar. Politsiya olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi. Hozir vaziyat nazorat ostida“ deydi shahar politsiyasi komissari Ashish Bxatiya.

Mahalliy televideniye olomonni politsiya va harbiylar qanday qilib tinchlantirishga harakat qilishganini ko‘rsatdi. Bxatiyaning aytishicha, bitta politsiyachi yaralangan va sakkiz kishi hibsga olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq 56 351 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 16 776 nafari sog‘aygan, 1 889 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 37 686 kishini tashkil qilmoqda.Hindistonning Ahmadobod shahrida qattiq karantin choralari sabab katta tartibsizliklar boshlandi

 

Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Karantin

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing