Hindistonni kuchli zilzila kutib turibdimi?

Olam

image

Yaqin kunlarda Shimoliy Hindistonning bir nechta mintaqasida, shu jumladan, Dehli milliy poytaxti hududida (Nyu-Deli ham kiradi) kuchli zilzila yuz berishi mumkin. Bu haqda bugun, 6 iyun kuni Dhanbaddagi Hindiston texnologiya institutining Amaliy geofizika va seysmologiya bo‘limi mutaxassislari ma’lumotiga tayanib, “The Times of India” nashri xabar bermoqda. 

"Kichik magnitudali takroriy yer silkinishlari kattaroq zilzila yetilib kelayotganini anglatadi. Tabiiy ofat yuz bersa, poytaxt hududiga ta’sir qiladi. Zilzila o‘chog‘i Kangra shahridan atigi 370 km va Uttarkashi shahridan 260 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu hududlar kuchli zilzilalari bilan tanilgan. Bu yo‘nalishdagi zilzila, albatta, poytaxtga ta’sir ko‘rsatadi”, dedi institutning amaliy geofizika kafedrasi professori Pi Key Xon.

U yuqorida tilga olgan shaharlarida 1945 va 1905 yillarda 6,3 va 7,8 magnitudali kuchli zilzilalar bo‘lganini esladi. So‘nggi ikki yil ichida ushbu mintaqada 5,0 va undan yuqori darajadagi 64 ta silkinish kuzatildi. Oxirgi ikki oy ichida mintaqada 11 ta yer silkinishi sezildi. Bu mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ayniqsa, Dehli va Kangra yaqinida zo‘riqish energiyasi to‘planib qolganligidan dalolat beradi.

Professorning fikricha, markaziy va poytaxt hukumatlari profilaktik chora-tadbirlarni ko‘rishi va yaqinlashib kelayotgan xavf to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing