Hindistonlik muxlislar Messi tashrifi paytida tartibsizlik uyushtirdi (video)

Sport

image

Hindistonlik muxlislar Lionel Messining Kalkuttadagi “Solt-Leyk” stadioniga tashrifi qisqa muddatda tugagani sabab tartibsizliklar keltirib chiqardi. Bu haqda “Times of India” nashri xabar berdi

Messi “Solt-Leyk” stadioniga chiqqan, tomoshabinlarga qo‘l silkitgan va bir necha daqiqa o‘ynaganidan so‘ng darhol stadionni tark etgan. Bu esa g‘azablangan muxlislar orasida tartibsizliklarni keltirib chiqargan va ular stadion rahbariyatini yomon tashkilotchilikda ayblashgan. Sababi ko‘plab muxlislar chiptalar uchun 100 dollardan ortiq pul to‘lagan, ba’zilari uchun bu Hindistonda bir oylik maoshga teng bo‘lgan. 

“Messi atigi 10 daqiqaga keldi. Barcha VIP mehmonlar va vazirlar uni o‘rab olishdi. Biz hech narsa ko‘rmadik. Shuncha pul, his-tuyg‘u va vaqt behuda ketdi”, deya izoh bergan muxlislardan biri.

Ma’lumot uchun, Messi “Inter Mayami”dagi jamoadoshlari Luis Suares va Rodrigo De Paul bilan birga Haydarobod, Mumbay, Dehli va Kalkutta shaharlariga uch kunlik tashrif bilan kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi Kalkutta shahridagi Cri Bhumi sport klubida o‘zining 21 metr balandlikdagi haykalini virtual tarzda ochilish marosimida Hindistonning mashhur aktyori Shohruxxon bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Lionel' Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing