Hindistonga qarshi uchrashuv umuman boshqacha ruhda o‘tadi – Srechko Katanets
Sport
−
17 yanvar 2024 8101 2 daqiqa
Ertaga, 18 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Hindistonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv oldidan “Oq bo‘rilar” bosh murabbiyi Srechko Katanets o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ertangi bahs juda murakkab bo‘ladi va biz bunga tayyormiz. Hindistonga qarshi uchrashuv umuman boshqacha ruhda o‘tadi. Raqibimiz yaxshi shakllangan va agressiv jamoa, biroq bizning futbolchilar o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsata olishadi, deb o‘ylayman. Ertangi uchrashuvda 90 daqiqa davomida e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Raqib jamoaning muxlislari ko‘proq bo‘lishi mumkin. Buning o‘ziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Bizda hech qanday bosim yo‘q. Hojiakbar Alijonov jarohati sababli o‘ynay olmaydi”, deydi murabbiy.
Shuningdek, Katanets g‘alaba uchun futbolchilarda avvalo xohish bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi.
“Eronga qarshi uchrashuvdagi muvaffaqiyatimiz futbolchilarning o‘yinga munosabati bilan bog‘liq edi. Hatto 10 nafar himoyachi maydonda harakat qilgan taqdirda ham, agar ularda xohish bo‘lmasa, bundan naf yo‘q. Suriya bilan o‘yinga kelsak, raqib murabbiyi ikki nafar hujumkor o‘yinchini maydonga tushirdi, shu sabab ham o‘zgarishga qo‘l urmadim. Ushbu bahs ortda qoldi, hozir gapirgandan foyda yo‘q”, deydi Katanets.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Hindiston bahsi 18 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.
Live
Barchasi