Hindistonga ayol kishi Prezident bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning yangi 15-Prezidenti etib “Bxaratiya djanata parti” (Hindiston xalq partiyasi) boshchiligidagi Milliy –demokratik alyans nomzodi Draupadi Murmu saylandi. 

Parlamentda ma’lum qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy qiymati 838 839 bo‘lgan 3 219 ta ovoz hisoblab chiqilganda, Murmu 2 161 ta ovoz (qiymati 577 777), uning raqobatchisi, muxolif Yashvant Sinxa esa 1058 ta ovoz (qiymati 261 062) olgani ma’lum bo‘lgan.

Ovozlarni hisoblash tizimiga muvofiq har bir saylovchining ovozi u vakili bo‘lgan shtat aholisidan kelib chiqib turlicha qiymatga ega bo‘ladi.

Murmu respublikaning ikkinchi ayol prezidenti (birinchisi Pratibha Patil, 2007-2012). Bundan tashqari, u Hindistonning “erkin mamlakatda”, ya’ni 1947 yilda inglizlardan mustaqillikka erishganidan keyin tug‘ilgan birinchi Prezidenti bo‘ladi.

Saylangan prezident 25 iyul kuni qasamyod qiladi. Amaldagi Prezident Ram Nath Kovindning vakolat muddati 24 iyulda tugaydi.

Murmu (1958 yil 20 iyunda tug‘ilgan) – Jxarxand shtatining sobiq gubernatori. U sharqiy Odisha shtatidagi Santal qabilasidan (Munda xalqining eng katta qabilasi) kelib chiqqan bo‘lib, u ro‘yxatga olingan qabilalar (tarixiy ravishda ijtimoiy quyi sinflar va past kastalarga tegishli) ga tegishli. Murmuga qadimgi “Mahabharata” dostonining bosh qahramoni qirolicha Draupadi sharafiga nom berilgan.

Hindiston davlat rahbari

Hindiston Prezidenti millat ramzi hisoblanadi, u davlat boshlig‘i va oliy qo‘mondondir. Biroq, mamlakatda haqiqiy hokimiyat Bosh vazirga tegishli. Prezident asosan vakillik funksiyalarini bajaradi va hukumatni rasman tasdiqlaydi. Respublikaning “birinchi va bosh fuqarosi”ning asosiy vazifasi “mamlakat Konstitutsiyasi va qonunchiligini himoya qilish”dir.

Hindiston Prezidenti besh yil muddatga saylanadi. Mamlakat konstitutsiyasi bir kishiga bir necha muddat eng yuqori davlat lavozimini egallashga ruxsat beradi. Hindistonning birinchi prezidenti Rajendra Prasad ikki muddat (1950-1962) hokimiyat tepasida bo‘lgan, ammo keyin siyosiy elitada davlat rahbari lavozimini faqat bir marta egallash an’anasi shakllangan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

677

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing